Davlat unitar korxonasi
“Geoinnovatsiya markazi” Davlat unitar korxonasi haqida
“Geoinnovatsiya markazi” DUK uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida xizmatlar ko‘rsatadi.
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi №3639-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Faoliyat yo‘nalishlari
- Uchuvchisiz uchish apparatlarining funksional va texnik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish
- Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish
- Konstruktiv elementlar ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich lokalizatsiya qilish va uchuvchisiz uchish apparatlari uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish
- Uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda eng yangi texnologiyalar va xorijiy tajribani joriy etish
- Uchuvchisiz uchish apparatlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlarini ko‘rsatish
- O‘zbekiston Respublikasi hududida respublikaning turizm salohiyati to‘g‘risidagi foto va video materiallarni tayyorlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini vaqtincha olib kirish va ulardan foydalanishga, shu jumladan xorijiy ijodiy guruhlarga ham ruxsat beriladi
- Uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish sohasida mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashadi
- Uchuvchisiz uchish apparatini operatorsiz faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasiga ega bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, operator bilan — iqtisodiyot tarmoqlaridagi boshqa tashkilotlarga ijaraga beradi
Raqamlarda
- 2018
- yildan beri faoliyatda
- 3
- ta faoliyat yo‘nalishi
- 1300+
- yorug‘lik droni
- 40+
- bajarilgan loyiha
Normativ hujjatlar
Markaz faoliyatiga oid qarorlar, nizomlar va sertifikatlar hujjatlar bo‘limida ochiq joylashtirilgan.
Hujjatlar bo‘limiRahbariyat

Direktor v.v.b.
Yunusov Sardor Mirtoxirovich

Bosh muhandis v.b.